Mingbuloq tumani Namangan massivi hududida tashkil etilishi rejalashtirilgan kichik sanoat zonasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tuman hokimi Ahrorbek Mansurov ishtirokida tanishildi.
2026-08-12 10:05:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 2 dekabrdagi PQ-414-sonli qarori asosida mazkur hududda 10,4 gektar maydonda qutilar va boshqa idishlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat zonasini tashkil etishga ruxsat berilgan.
2026–2027 yillarda bu yerda 24 ta yangi loyihani joylashtirish, kamida 25 million AQSH dollari miqdorida investisiya o‘zlashtirish hamda 2,9 mingta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.
Ayni paytda yer maydonlari lotlarga ajratilib, auksion savdolariga chiqarilmoqda. Hozirga qadar 34 ta lot savdoga qo‘yildi.
Kichik sanoat zonasi Mingbuloqda sanoat ishlab chiqarishini kengaytirish, investisiyalarni jalb etish va aholi bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
