Mingbuloq tumanida ijro intizomi masalalari doimiy nazoratda va tanqidiy muhokama qilib borilmoqda
2026-07-08 17:15:00 / Yangiliklar

Mingbuloq tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining Farmon, qaror, farmoyish hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlarning o‘z vaqtida va to‘liq ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.
Jumladan, tuman hokimligida “edo.ijro.uz” elektron tizimi orqali yuqori turuvchi organlar hujjatlarida belgilangan vazifalarni sifatli bajarishga qaratilgan aniq choralar belgilangan hamda topshiriqlar ijrosi doimiy nazoratga olingan. Ta’kidlash lozimki, tuman hokimligida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini “kunbay” tahlil qilib borish tizimi samarali ishlamoqda.
Shuningdek, hujjatlar va topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida oldindan ogohlantirish tizimi joriy etilgan. Har haftaning dushanba va juma kunlari tuman hokimi hamda uning birinchi o‘rinbosari rahbarligida yig‘ilishlar o‘tkazilib, ijro intizomi holati tanqidiy muhokama qilinmoqda.
2026-yilning o‘tgan olti oyi davomida amalga oshirilgan ishlar raqamlarda:
- Tumanga jami 185 ta hujjat kelib tushgan (shundan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 41 ta Farmoni, 67 ta qarori, 3 ta farmoyishi hamda Vazirlar Mahkamasining 71 ta qarori va 3 ta farmoyishi);
- Ushbu hujjatlar orqali jami 569 ta topshiriq ijroga qaratilib, ularning ijrosi to‘liq ta’minlangan;
- Hisobot davrida tuman hokimligida ijro intizomi holati jami 23 marotaba chuqur tahlil qilindi. Muhokamalar natijasida o‘z vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan va topshiriqlar ijrosida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan mas’ul xodimlarga nisbatan tegishli intizomiy jazo choralari qo‘llandi.
Prezidentimiz va Hukumat topshiriqlarining ijrosini kechiktirmasdan, barvaqt ta’minlash maqsadida maxsus “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqilib, ijroga qaratilmoqda. Olib borilayotgan bu kabi izchil tadbirlar tumanda boshqaruv samaradorligini oshirish va aholi farovonligiga xizmat qiluvchi qarorlar ijrosini kafolatlashga qaratilgan.
Mingbuloq tumani hokimligi Axborot xizmati
