Viloyat hokimi yo‘l qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi
2026-07-07 10:55:00 / Yangiliklar

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Mingbuloq tumanida amalga oshirilayotgan yo‘l-qurilish ishlari bilan tanishdi.
Xususan, D-129 "Baliqchi – Mingbuloq - Nayman - Pungon" avtomobil yo‘lining 18- 62-kilometrlar oralig‘ida jami 38 kilometr qismini asfaltlash hamda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi.
Loyihaning umumiy qiymati 36 milliard so‘mni tashkil etib, qurilish-montaj ishlari 401-XMK tomonidan amalga oshirilmoqda.
O‘rganishlar davomida viloyat rahbari qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda, sifat talablari asosida yakunlash, aholi uchun xavfsiz va qulay harakatlanish sharoitlarini yaratish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.
