Mingbuloq tumanida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni keng nishonlanmoqda
2026-06-01 09:05:00 / Yangiliklar
Bugun, 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Mingbuloq tuman hokimi Ahrorbek Mansurov tumandagi 45-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo'ldi.

Tuman hokimi muassasadagi ta’lim-tarbiya jarayonlari, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida bolajonlar bilan samimiy muloqot qilinib, ularga bayram sovg‘alari ulashildi. Tuman hokimi ta’lim maskanidagi sharoitlarni yanada yaxshilash hamda bolalarning sifatli ta’lim olishlari uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

