Mingbuloq tumanida Qurbon hayiti hadyalarini tarqatishga kirishildi
2026-05-26 09:50:00 / Yangiliklar

Hurmatli Prezidentimizning 2026 yil 22 may kuni qabul qilingan “Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va mehr-saxovat tadbirlarini samarali tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Mingbuloq tumanida davlat ta’minoti toifasidagi 880 ta oila hamda 45 nafar keksa va nogironligi bor yolg‘iz fuqarolarga 362 million 560 ming so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari tarqatiladi.
Bugun oziq-ovqat mahsulotlari jamlangan qutilarni ro‘yxatga olingan ehtiyojmandlarga yetkazish jarayonlari boshlandi.
Tuman hokimi ishtirokida diniy soha vakillari, mahalla raislari, hokim yordamchilari hamda ijtimoiy xodimlar bilan hadyalarni o‘z egalariga manzilli yetkazish masalalari muhokama qilindi.
Prezidentimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan mehr-saxovat ishlari uchun minnatdorchilik bildirilib, duolar qilindi.

