“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” milliy tanloviga start berildi
2026-05-26 09:00:00 / Yangiliklar
Butun respublika bo‘ylab bo‘lgani kabi, Mingbuloq tumanida ham “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” milliy tanloviga start berildi.

Butun respublika bo‘ylab bo‘lgani kabi, Mingbuloq tumanida ham “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” milliy tanloviga start berildi.
Mazkur tanlov yoshlarning bunyodkorlik g‘oyalari, tashabbuskorligi hamda jamiyat taraqqiyotiga daxldorlik hissini yanada oshirishga xizmat qiladi. Tanlov doirasida faol, izlanuvchan va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidor va salohiyatini namoyon etish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Mingbuloq yoshlari ham ushbu nufuzli tanlovda faol ishtirok etib, o‘z loyihalari va tashabbuslari bilan munosib qatnashmoqda.

