Mingbuloq tumani Madaniyat markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 8 maydagi PF–82-sonli Farmoni mazmun-mohiyatini dehqon va fermer xo‘jaliklari vakillariga yetkazish maqsadida o‘quv seminar tashkil etildi.
2026-05-13 11:55:00 / Yangiliklar

Mingbuloq tumani Madaniyat markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 8 maydagi PF–82-sonli Farmoni mazmun-mohiyatini dehqon va fermer xo‘jaliklari vakillariga yetkazish maqsadida o‘quv seminar tashkil etildi.
Unda viloyat hokimligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh a’zolari, mutasaddi tashkilotlar va fermerlar ishtirok etdi. Seminar davomida agrar sohada faoliyat yuritayotgan sub’yektlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlash hamda daromaddorligini oshirishga qaratilgan yangi imkoniyatlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Ta’kidlanganidek, mazkur Farmon qishloq xo‘jaligi sohasida mehnat qilayotgan dehqon va fermerlar uchun muhim moliyaviy ko‘mak bo‘lib xizmat qiladi. Xususan, paxta va bug‘doy yetishtirish uchun jalb qilingan kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash, o‘z vaqtida qaytarilgan kreditlar foizining 2,5 foizini davlat subsidiyasi hisobidan qoplab berish kabi yengilliklar fermerlar uchun katta qulaylik yaratadi.
Shuningdek, fermer xo‘jaliklarining ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish maqsadida dizel yonilg‘isi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash bo‘yicha ham qator yengilliklar joriy etilayotgani qayd etildi.
Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob oldilar.

