Xotira — muqaddas, qadr — aziz!
2026-05-05 11:05:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 16 apreldagi PQ-139-sonli qaroriga muvofiq, 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Mingbuloq tumanida keng qamrovli tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Ayni kunlarda tumanda 100 yoshni qarshilagan va shu yoshga yaqinlashgan 18 nafar mehnat fronti qatnashchilari holidan xabar olindi. Ularga viloyat hokimining tabrigi, “Nuroniy” jamg‘armasining esdalik sovg‘alari hamda oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi.
Tadbirlarda tuman hokimi A.Mansurov, viloyat “Nuroniy” jamg‘armasi mutaxassisi Sh.To‘rayev ishtirok etdi.
Shuningdek, Qo‘riqobod mahallasida 100 yoshni qarshilagan Karimova Xapiza aya hamda Mehnatobod mahallasida 96 yoshli O‘rolova Turdixon aya xonadonlarida bayramona muhitda samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularga rag‘batlantirish sovg‘alari topshirildi.

