Xotira maydonida 9-may Xotira va qadrlash kuniga bag`ishlab "Kelajak soati" tashkil etildi.
2026-05-04 12:05:00 / Yangiliklar

Xotira maydonida 9-may Xotira va qadrlash kuniga bag`ishlab "Kelajak soati" tashkil etildi.
Bugun Mingbuloq tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 2-sonli maktabi o‘quvchilari ishtirokida an’anaviy “Kelajak soati” mashg‘uloti Xotira xiyobonida yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur ochiq dars “Millat fidoyilari. Xotira va qadrlash” mavzusiga bag‘ishlanib, o‘quvchilarga Ikkinchi jahon urushi davridagi xalqimizning matonati, bag‘rikengligi hamda ajdodlarimizning jasorati haqida atroflicha tushunchalar berildi.
Ochiq darsda Mudofaa bo‘limi boshlig‘i, mayor U. Mizakarimov, tuman Kengashi deputati R. Umarova, RMMM tuman bo‘limi mas’uli N. Mavlonova hamda mehnat faxriylari va nuroniylar kengashi a’zolari — S. To‘xtayeva, A.Bozorov, A.Abduxalilovlar faol ishtirok etdilar.
Ular o‘z chiqishlarida o‘quvchilarga tinchlikning qadriga yetish, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni asrab-avaylash, Vatanga sadoqat ruhida yashash zarurligini alohida ta’kidladilar.

