Tuman hokimligida ijro intizomi tanqidiy muhokama qilinmoqda
2026-04-20 16:30:00 / Yangiliklar

Mingbuloq tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning Farmon, qaror, farmoyish hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va to‘liq ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.
Jumladan, tuman hokimligida “edo.ijro.uz” elektron tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning Farmon, qaror, farmoyish hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida to‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlashga qaratilgan aniq vazifalar belgilanib, topshiriqlar ijrosini ta’minlash choralari doimiy nazoratga olingan.
Ta’kidlash lozimki, tuman hokimligida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini “kunbay” tahlil qilib borish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Har haftaning dushanba va juma kunlari tuman hokimi hamda uning birinchi o‘rinbosari rahbarligida yig‘ilishlar o‘tkazilib, ijro intizomi tanqidiy muhokama qilinmoqda. Hujjatlar va topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida oldindan ogohlantirish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
2026-yil uch oy davomida viloyatga jami 85 ta hujjat kelib tushgan bo‘lib, ular orqali 383 ta topshiriq ijroga qaratilib, ijrosi to’liq ta’minlangan.
2026-yil uch oy davomida ijro intizomi holati 3 marotaba muhokama qilingan, sustkashlikka yo‘l qo‘ygan mas’ullarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rilgan. Prezident va Hukumat topshiriqlari ijrosi yuzasidan “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqilib, barvaqt ijro choralari ko‘rilmoqda.
Olib borilayotgan ishlar qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etish, ijro intizomini mustahkamlash va rahbarlarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
