Mingbuloq tumanidagi madaniy-me’moriy yodgorliklar
2026-04-08 14:30:00 / Yangiliklar

SIRLI MASJID
QOLGANDARYO kishlog‘ida milliy-me’moriy uslubda kurilgan “Sirli masjid” deb nomlangan masjid binosi bor.
400 kvadrat metrli bino bir xona va ayvondan iborat. Peshtoqi yog‘och o‘ymakorligi va naqshlar bilan bezatilgan. To‘sinlar orasi vassajuft qilib yopilgan bo‘lib, vassalar turli xil ranglar bilan bezatilgan.
Ustunlar va peshtoqdagi naqshinkor bezaklar xuddi sirlangan idishdek yaraqlab turgani uchun xalq orasida “Sirli masjid” nomi bilan mashhur bo‘lgan.
Ayvonining peshtoqiga hijriy 1327 yil sanasi yozilgan bo‘lib, melodiy hisob bilan 1909 yilga to‘g‘ri keladi. Ayvon ichidagi peshtoqqa arab alifbosida “Amali usta Yo‘ldosh va Olim najjor” deb yozilgan. Bu ustalar qo‘qonlik va chustlik.
Masjidning katta asosiy binosini shu qishloqlik O‘rishboyvachchaning onasi Muslima buvi o‘z mablag‘i hisobidan 1890 yili qurdirgan. Keyinchalik aholi hashar yo‘li bilan ayvon qurgan.
1924 yili masjid binosida yangi usuldagi boshlang‘ich maktab ham tashkil etiladi. Dastlab 11 nafar o‘g‘il bolani qabul qilgan bu ilm maskani keyinroq yetti yillik maktabga aylantirilib, ko‘plab o‘g‘il-qizlar saboq oladi. Namanganlik muallim Madamin Ahrorov maktabning birinchi mudiri bo‘lgan. 45 yil davomida mas¬jid binosi hozirgi 17-maktabning ma’muriy binosi o‘rnida ishlatil¬gan.
1970 yili maktab yangi ikki qavatli binoga ko‘chgach, masjid binosi bolalar bog‘chasiga aylantiriladi. So‘ngra kolxoz kutubxonasi, “Shon-shuhrat” muzeyi sifatida foydalanilgan.
Materiallarni “Mingbuloq” gazetasi muharriri Qosimjon Akbarov, ta’lim va matbuot faxriylaridan Mahmudjon Abdusalomov, Komiljon Mamatov hamda Shamsiddin Razzoqovlar tayyorlagan.
