Mingbuloq tumani “Mustaqillik” mahallasida sayyor qabul o’tkazildi.
2026-04-01 11:35:00 / Yangiliklar

Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari U.Ismatillayev tomonidan Mingbuloq tumani “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulda jami 20 nafardan ortiq fuqarolar murojaat qilishdi 10 nafariga joyida huquqiy tushuntirish berilgan bo’lsa, 3 ta murojaat joyida hal etildi. Shuningdek, 7 ta murojaat qo‘shimcha o‘rganish talab etganligi sababli bo‘lim ish yurituviga olindi.
Shu kuni, tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan 10 nafar fuqaroga “Sayyor davlat xizmatlari” ham ko’rsatildi.
Shuningdek, tadbirda fuqarolarga PQ-1-sonli qaror, jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, fuqarolarning huquq va burchlari, O'RQ-937-son Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari to'g'risida tushuntirishlar berildi.

