Energetika vazirligi 2024-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish ko‘rsatgichlari bo‘yicha 2023-yilga nisbatan yana 4 ballga yuqoriladi
2025-04-08 15:20:00 / Yangiliklar

Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining 2024-yil davomidagi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlar qay darajada samarali tatbiq etilganligi baholandi.
Reyting natijalariga ko‘ra, Energetika vazirligining 2024-yil davomidagi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish ko‘rsatgichlari “yaxshi” deb baholandi.
Eslatib o‘tamiz, vazirlikning 2023-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish ko‘rsatgichlari 82 ball bilan “yaxshi” deya baholangan edi.
Yana bir ahamiyatli jihati, 2023-yilgi ko‘rsatkichlarda “yaxshi” natijalarda qayd etilgan davlat tashkilotlari qatorida Energetika vazirligi 31-o‘rinda baholangan bo‘lsa, 2024-yilda 12 pog‘onaga yuqorilab, 19-o‘rinda qayd etilgan.
Shuningdek, Energetika vazirligi vazirliklar orasida Adliya va Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirliklari bilan bir xil ko‘rsatkichga ega deya baholangan.
Energetika vazirligi joriy yilda ham mazkur talablarga qatʼiy amal qilgan holda, korrupsiyaga qarshi kurashishda ochiqlik, shaffoflik va hisobdorlik bilan ish yuritishda davom etadi.
—————
Agar siz yoqilg‘i-energetika sohasida korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga oid huquqbuzarliklarga duch kelsangiz, Energetika vazirligining quyidagi aloqa manzillariga xabar berishingizni so‘raymiz:
Ishonch telefoni: +998712311064,
Telegram-bot: @anticorenergetikauz_bot,
Elektron pochta: aniticor@minenergy.uz