Faktoringga keng yoʻl ochib berilgani natijasida shu yilning oʻzida 100 million dollarlik bunday xizmatlar koʻrsatildi
2024-12-20 13:10:00 / Yangiliklar
Biznes uchun yoʻl, suv, elektr, gaz, temir yoʻl kabi infratuzilma obyektlarini yaxshilashga bu yil 35 trillion soʻm yoʻnaltirildi. Kelgusi yil yana 43 trillion soʻm ajratish rejalashtirilgan.
Korxonalarni barqaror energiya bilan taʼminlash uchun elektr ishlab chiqarish 82 milliard kilovatt-soatga yetdi.
Bu yil ishga tushgan 6,3 milliard dollarlik 17 ta yirik “yashil” va yangi texnologiyaga asoslangan energiya quvvatlari hisobiga kelgusi yilda qariyb 90 milliard kilovatt-soat elektr ishlab chiqariladi.
Bu ishlar davom ettirilib, 2025-yilda yana 6,4 milliard dollarlik 25 ta loyiha doirasida 4,8 gigavatt yangi quvvatlar barpo etiladi.
Endi energiya sohasida ham raqobatli bozorga oʻtish vaqti kelgani qayd etildi. Hozirgi kunda yurtimizda mustaqil energiya ishlab chiqaruvchilar soni 24 taga yetdi. Ilk bor 2025-yilda elektr energiyasining onlayn ulgurji bozori ishga tushadi.