Namanganlik energetiklar togʻ qiyaliklaridan oʻtuvchi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini nazoratdan oʻtkazishdi
2024-12-19 13:10:00 / Yangiliklar
18-dekabr, soat 07:00 — 09:00.
Namangan viloyati — havo harorati -12 daraja sovuq.
Namangan magistral elektr tarmoqlari energetiklari tomonidan “Qamchiq” dovoni hududidan oʻtuvchi 500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmogʻi navbatdan tashqari nazorat koʻrigidan oʻtkazildi.
Koʻrik davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi.
Suratlarda tonggi soatlarda nazorat koʻrigiga safarbar qilingan brigadaning ish jarayoni aks etgan.