Davlatimiz rahbari energetika sohasidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha rejalarga qisqacha toʻxtalib oʻtdi
2024-12-13 17:25:00 / Yangiliklar
2030-yilga qadar yana 19 ming megavatt “yashil quvvat”larni barpo etib, qayta tiklanuvchi energiya ulushini 54 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Xususan, 2025-yilda 3,4 ming megavattli 18 ta quyosh va shamol stansiyalari hamda 1,8 ming megavattli saqlash tizimlari ishga tushiriladi.
Buning natijasida kelgusi yili “yashil energiya” ishlab chiqarish hajmlari 12 milliard kilovatt-soatga yetadi.
Bu 5 million xonadonning bir yillik isteʼmoliga teng va 6,5 million tonna zararli gazlarni atmosferaga chiqarishning oldi olinadi, deganidir.
Kelgusi 2 yilda xususiy tadbirkorlar bilan birga 2 mingdan ortiq kichik va mikro-GESlar tashkil qilish boʻyicha katta dastur amalga oshiriladi.