2024-yilning 20-noyabriga qadar energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik boʻyicha aniqlangan holatlar va koʻrilgan choralar toʻgʻrisida maʼlumot
2024-11-21 15:30:00 / Yangiliklar
Joriy yilning shu kuniga qadar “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektr hamda gaz taʼminoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida 6853 ta isteʼmolchi tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
Xususan, ushbu isteʼmolchilar tomonidan 277,1 mln metr kub tabiiy gaz va 479,1 mln kilovatt⋅soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanililgan.
Isteʼmolchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar boʻyicha 6 ming 709 ta maʼmuriy ish rasmiylashtirildi.
Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.