Energetika vazirligida soha hodimlari uchun “Energetika sohasiga gender yondashuvini joriy etish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi
2024-10-16 19:15:00 / Yangiliklar
Ushbu seminarda Energetika vazirligi va tizim tashkilotlari, shuningdek barcha aksiyadorlik jamiyatlarining gender siyosatini amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan vakillari ishtirok etdilar.
Seminar Energetika vazirligining O‘zbekiston energetika sohasini isloh qilish dasturi doirasida, Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilar gender tengligi, energetika siyosatiga gender istiqbolini joriy etish uchun qulay muhitni baholash va boshqa bir qator tushunchalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, seminar davomida energetika tashkilotlarida gender yondashuvini joriy etish va gender sezgirligining global tendensiyalari mavzularida ham fikr almashildi.
Tadbir so‘ngida tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi va boshqa ko‘plab masalalar haqida fikr almashishdi.