Oʻzbekiston Energetika vazirligi delegatsiyasi Rossiya energetika haftaligida ishtirok etdi
2024-09-28 14:20:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov boshchiligidagi Energetika vazirligi delegatsiyasi Moskva shahridagi “Manej” markaziy koʻrgazmalar zalida uyushtirilgan Rossiya energetika haftaligi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etdi.
Delegatsiya aʼzolari forum doirasida oʻtkazilgan bir qator yalpi majlislarda qatnashdi. Muhokamalarda Oʻzbekistonda yoqilgʻi-energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar yigʻilganlarda qiziqish uygʻotdi.
Haftalik doirasida Oʻzbekiston Energetika vaziri J.Mirzamahmudov Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisining oʻrinbosari A.Novak bilan ham uchrashdi. Muloqotda qoʻshma loyihalarni amalga oshirishning bugungi holati, energiya taʼminoti sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.