audio

    0+
    “Avtomobilsiz kun” ommaviy aksiyasiga qoʻshiling!

    Toshkent shahrida 24-iyul, chorshanba kuni poytaxt IIBB YHXB bilan hamkorlikda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi.

    Aksiya O‘zbekiston Prezidentining 21-fevraldagi 37-sonli qaroriga muvofiq har oyning to‘rtinchi chorshanbasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

    24-iyul kuni poytaxtimizdagi barcha davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga shaxsiy transport vositalaridan voz kechish va jamoat transporti, velosiped hamda atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan transport turlaridan foydalanish tavsiya qilinadi.

    Hurmatli yurtdoshlar! Barchangizni “Avtomobilsiz kun” jamoat loyihasiga befarq bo‘lmaslikka, ekologik toza transport vositalaridan foydalanishga chaqiramiz. Zero atrof-muhitni asrash barchamizning burchimizdir.

    • view_icon 28