Bo‘stonliq tumanida 20 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasi qurilmoqda
2025-11-14 12:00:00 / Yangiliklar
#yashil_energiya

Xabar berganimizdek, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida quvvati 20 megavattga teng bo‘lgan “Chorvoq shamol elektr stansiyasini qurish” loyihasiga start berilgan edi.
Ushbu elektr stansiyasi 2026-yilda ishga tushilishi rejalashtirilgan.
Stansiya ishga tushirilgach, yiliga o‘rtacha 50 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning natijasida 15 mln kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishi va atmosferaga 22 ming tonna zararli gazlar chiqarilishining oldi olinadi.
Mazkur elektr stansiya orqali qariyb 20 ming xonadonni elektr energiyasi bilan taʼminlash imkoniyati yaratiladi.



