Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi yurtimizning har bir go'shasini yashil va obod maskanga aylantirish, ekologik vaziyatni yaxshilash, aholi salomatligini mustahkamlashdek ezgu maqsadlarga qaratilgan.
2026-11-15 13:30:00 / Yangiliklar

"YASHIL MAKON" LOYIHASI: MARHAMAT TUMANIDA EKOLOGIK FAROVONLIK UCHUN ULKAN QADAM! 🌿
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi yurtimizning har bir go'shasini yashil va obod maskanga aylantirish, ekologik vaziyatni yaxshilash, aholi salomatligini mustahkamlashdek ezgu maqsadlarga qaratilgan.
✅ Umummilliy loyiha doirasida Marhamat tumanida ham keng ko'lamli obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda.
🌱Bugun Marhamat tumani "Markaziy" mahallasi adirliklarida mazkur ezgu tashabbus doirasida manzarali daraxt ko'chatlari ekildi.
🌳Ushbu xayrli tashabbusni amalga oshirish oldidan soʻz olgan tuman hokimi Ilyosbek Umrzaqov tomonidan bugun butun dunyoda ekologiya buzilishi bilan bogʻliq vaziyat kuzatilayotgan paytda mana shunday ekozonalarni tashkil etishning qanchalik ahamiyatli ekani haqida fikrlar bildirildi.
✨Shundan soʻng, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbar va xodimlari, tashabbuskor yoshlar hamda obodonlashtirish boʻlimi mehnatkashlari tomonidan daraxtlarni yerga oʻtqazish ishlari boshlandi.
