FUQAROLAR MUROJAATLARI E’TIBOR MARKAZIDA
2026-11-16 08:10:00 / Yangiliklar

Marhamat tumani hokimi Ilyosbek Umrzaqov hamda uning o‘rinbosarlari tomonidan 2026-yil 9–14-noyabr kunlari tasdiqlangan reja-jadval asosida 7 ta shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabullarda jami 54 nafar fuqaro ishtirok etib, 32 ta masala yuzasidan murojaat qilindi.
Murojaatlarning:
- 9 tasi ijobiy hal etildi;
- 6 tasi huquqiy ma’lumot berish orqali hal qilindi;
- 17 tasi ijrosi yuzasidan tegishli ishlar davom ettirilmoqda.
Murojaatlar asosan quyidagi yo‘nalishlarda kelib tushdi:
- Kommunal sohada — 10 ta;
- Bank va kredit masalalarida — 5 ta;
- Ish bilan ta’minlash sohasida — 5 ta;
- Ijtimoiy himoya sohasida — 4 ta;
- Boshqa masalalarda — 8 ta.
Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, ularning qonuniy yechimini ta’minlash hamda aholi muammolarini bartaraf etish Marhamat tumani hokimligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
