FUQAROLAR MUROJAATLARI — DOIMIY E’TIBORDA
2026-11-09 09:10:00 / Yangiliklar

FUQAROLAR MUROJAATLARI — DOIMIY E’TIBORDA
Marhamat tumani hokimi va uning o‘rinbosarlari tomonidan 2026-yil 2–7-oktabr kunlari tasdiqlangan reja-jadval asosida 7 ta shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Mazkur qabullarda jami 65 nafar fuqaro ishtirok etib, ular tomonidan turli yo‘nalishlarda 41 ta masala yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Murojaatlarning 15 tasi ijobiy hal etildi, 5 tasi yuzasidan fuqarolarga tegishli huquqiy tushuntirish va ma’lumotlar berildi. Qolgan 21 ta murojaat esa ijrosi nazoratga olinib, hozirda o‘rganish va hal etish jarayonida.
Fuqarolar murojaatlari quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oldi:
🔹 Kommunal soha — 12 ta;
🔹 Ish bilan ta’minlash masalalari — 5 ta;
🔹 Davolanish va tibbiyot sohasi — 4 ta;
🔹 Ijtimoiy himoya sohasi — 6 ta;
🔹 Huquq-tartibot sohasi — 5 ta;
🔹 Boshqa masalalar — 9 ta.
Shaxsiy qabullar davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan har bir masalaga alohida e’tibor qaratilib, muammolarni qonuniy tartibda hal etish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aholi muammolarini o‘z vaqtida o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashish doimiy e’tiborda.
