Marhamat tumani hokimining o‘rinbosarlari tomonidan 2026-yil 25–31-oktyabr kunlari tasdiqlangan reja-jadval asosida jami 7 ta shaxsiy qabul va uchrashuvlar o‘tkazildi.
2026-11-02 10:45:00 / Yangiliklar

Marhamat tumani hokimining o‘rinbosarlari tomonidan 2026-yil 25–31-oktyabr kunlari tasdiqlangan reja-jadval asosida jami 7 ta shaxsiy qabul va uchrashuvlar o‘tkazildi.
Mazkur qabullar davomida jami 30 nafar fuqaroning murojaatlari tinglandi. Fuqarolar tomonidan 21 ta masalada murojaat va takliflar bildirildi.
Murojaatlarning 6 tasi ijobiy hal etildi, 5 tasi yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi. Qolgan 10 ta murojaat ijroga yo‘naltirilib, nazoratga olindi.
Shaxsiy qabullar davomida quyidagi yo‘nalishlarda masalalar ko‘tarildi:
Ish bilan ta’minlash sohasida — 4 ta;
Davolanish va tibbiyot sohasida — 4 ta;
Ijtimoiy himoya sohasida — 4 ta;
Boshqa masalalarda — 5 ta.
Fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni o‘z vaqtida o‘rganish, ularning qonuniy yechimini ta’minlash hamda ijrosini nazorat qilish ishlari davom ettirilmoqda.
