MARHAMAT TUMANIDA “PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI” DOIRASIDA UCHRASHUV O‘TKAZILDI
2026-10-22 14:50:00 / Yangiliklar

Bugun, payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan Marhamat tumanida yoshlarning muammolarini o‘rganish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan uchrashuvlar va davra suhbatlari tashkil etilmoqda.
Xususan, Marhamat tumani hokimi Ilyosbek Umrzaqov tuman hokimligida yoshlar bilan uchrashib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladi. Muloqot davomida yoshlarni qiynayotgan masalalar, ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bilan bog‘liq takliflar muhokama qilindi.
Tuman hokimi yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yangi g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish muhimligini ta’kidladi.
Uchrashuv davomida bildirilgan takliflar va ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar belgilash, har bir murojaatni o‘rganib, amaliy yechim topish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yoshlar — kelajagimiz bunyodkorlari! Ularning har bir tashabbusini qo‘llab-quvvatlash, intilishlariga ko‘maklashish va salohiyatini ro‘yobga chiqarish Marhamat tumanida amalga oshirilayotgan ishlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir.
