MARHAMAT TUMANIDA “ZULFIYA” NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI UCHUN SARALASHNING TUMAN BOSQICHI YAKUNLANDI
2026-10-24 14:45:00 / Yangiliklar

Marhamat tumanidagi 5-son Bolalar musiqa va san’at maktabida “Zulfiya” nomidagi davlat mukofotiga nomzodlarni saralash bo‘yicha tuman bosqichi o‘z yakuniga yetdi.
🌷 Saralashda bilim va iste’dodi, ijodiy salohiyati, tashabbuskorligi hamda erishgan yutuqlari bilan tengdoshlariga namuna bo‘layotgan iqtidorli qizlar ishtirok etib, o‘z imkoniyat va qobiliyatlarini namoyon etdilar.
🇺🇿 Tanlovni Marhamat tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i H. Mamarizayeva kirish so‘zi bilan ochib, ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.
✨ Saralash jarayonida nomzodlarning bilim va salohiyati, ijodiy ishlari, erishgan natijalari, shuningdek, jamoat ishlaridagi faolligi va tashabbuskorligiga alohida e’tibor qaratildi.
🏅 Yakuniy natijalarga ko‘ra, belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, ularga sertifikatlar hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
💐 Mazkur tanlov iqtidorli qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iste’dodini yuzaga chiqarish, bilim olish va ijodiy izlanishlarga bo‘lgan intilishini rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🌟 Barcha ishtirokchilarni munosib ishtiroki bilan, g‘oliblarni esa erishgan yutuqlari bilan tabriklaymiz! Kelgusidagi intilish va izlanishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
