MARHAMAT TUMANIGA 10 MILLION DOLLARLIK INVESTITSIYA KIRITILADI
2026-10-28 15:30:00 / Yangiliklar

Marhamat tumanining "Konchilar"mahallasida Xitoylik investorlar ishtirokida yangi investitsiya loyihasini amalga oshirish masalasi yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Marhamat tumani hokimi Ilyosbek Umrzaqov hamda tuman prokurori U. Azimov ishtirok etib, loyiha tashabbuskorlari bilan uning mazmun-mohiyati, istiqbollari va amalga oshirish jarayonlari yuzasidan fikr almashdilar.
💰 Loyiha doirasida 10 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish rejalashtirilgan. Mazkur loyiha orqali paxta xomashyosini qayta ishlash jarayonida hosil bo‘ladigan chiqindilardan kalava ip ishlab chiqarish hamda tayyor mahsulotlarni eksportga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.
🏭 Ushbu tashabbus hududda sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish, mahalliy xomashyo va ishlab chiqarish qoldiqlaridan samarali foydalanish, eksport salohiyatini oshirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Uchrashuv davomida loyihani amaliyotga tatbiq etish, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va investitsiya tashabbusini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
