YOSHLARGA SUN’IY INTELLEKT IMKONIYATLARI HAQIDA TUSHUNCHALAR BERILDI
2026-10-29 11:55:00 / Yangiliklar

“Payshanba — yoshlar kuni” doirasida Marhamat tumani hokimi Ilyosbek Umrzaqov ishtirokida tuman yoshlari bilan navbatdagi uchrashuv boshlandi.
💻 Uchrashuv davomida “Turon” o‘quv markazi mutaxassislari tomonidan yoshlarga sun’iy intellekt (AI) imkoniyatlari, undan samarali foydalanish usullari hamda zamonaviy texnologiyalarning ta’lim va kundalik hayotdagi ahamiyati haqida batafsil tushunchalar berildi.
Shuningdek, yoshlarning axborot xavfsizligi bo‘yicha bilimlarini oshirish, internet makonida soxta axborotlarni farqlash, yolg‘on ma’lumotlar tarqalishining oldini olish hamda raqamli texnologiyalardan mas’uliyat bilan foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.
🎯 Bunday uchrashuvlar yoshlarning raqamli savodxonligini oshirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanishlariga xizmat qiladi.
