MARHAMAT TUMANI PAXTA TOPSHIRISH BO‘YICHA SHARTNOMAVIY REJANI BAJARDI!
2026-10-19 13:30:00 / Yangiliklar

MARHAMAT TUMANI PAXTA TOPSHIRISH BO‘YICHA SHARTNOMAVIY REJANI BAJARDI!
🌱 Mehnat samarasi — ulkan natija!
Marhamat tumanida joriy yilgi paxta yig‘im-terimi mavsumida fermer xo‘jaliklari va klaster korxonasi tomonidan salmoqli natijaga erishildi. Dehqon va fermerlarning mashaqqatli mehnati, yerga bo‘lgan mehr-e’tibori hamda mavsum davomida olib borilgan samarali ishlar o‘z samarasini berdi.
Joriy yilda tumandagi 154 ta fermer xo‘jaligi va klaster korxonasi tomonidan jami 3 ming 450 gektar yer maydonida paxta yetishtirilib, davlat omborlariga 18 ming 205 tonna paxta xomashyosi topshirish bo‘yicha belgilangan shartnomaviy reja muvaffaqiyatli bajarildi.
Ushbu natija, avvalo, yil davomida dalalarda fidokorona mehnat qilgan mirishkor dehqon va fermerlarimiz, mexanizatorlar hamda terimchilar mehnatining samarasidir.
Paxta topshirish shartnomaviy rejasining bajarilishi tumanda qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan ishlarning samaradorligi, fermerlarning mas’uliyati va zahmatli mehnatining yorqin ifodasidir.
👏 Marhamatlik mirishkorlarimizni erishilgan natija bilan muborakbod etamiz! Kelgusi mavsumlarda ham hosildorlikni oshirish, qishloq xo‘jaligi samaradorligini yuksaltirish va yangi marralarni zabt etishda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
