MARHAMAT VA ARAVAN: YOSHLAR KELAJAGI YO‘LIDAGI HAMKORLIK
2026-10-15 15:30:00 / Yangiliklar

Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh viloyati Aravan tumanida “Kelajak yoshlar” markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Marhamat tumani hokimi o‘rinbosarlari hamda faollardan iborat delegatsiya ishtirok etdi.
Mazkur markaz yoshlarning bilim va salohiyatini yuksaltirish, ularning yangi g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladigan maskan sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Tashrif doirasidagi ushbu tadbir O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik hamda o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Hududlar o‘rtasida tajriba almashish, istiqbolli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish ikki tomonlama hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Do‘stligimiz mustahkam, hamkorligimiz bardavom, yoshlarimizning kelajagi porloq bo‘lsin!
