YANGI LOYIHALAR — YANGI ISH O‘RINLARI UCHUN MUHIM QADAM
2026-10-06 14:10:00 / Yangiliklar

ANGI LOYIHALAR — YANGI ISH O‘RINLARI UCHUN MUHIM QADAM
✅Marhamat tumani hokimi Ilyosbek Umrzaqov hamda tuman prokurori Ulug‘bek Azimov mahallalarda hozirda bo‘sh turgan bino va inshootlardan samarali foydalanish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan loyihalar bilan tanishdilar.
✅Taqdimot davomida bo‘sh turgan obyektlardan unumli foydalanish, mavjud imkoniyatlarni ishga solish orqali ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida yangi loyihalarni amalga oshirish, tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish hamda aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
❇️Shuningdek, har bir loyiha bo‘yicha amalga oshirish mexanizmlari, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va loyihalarni amaliyotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
☑️Asosiy maqsad — mahallalardagi foydalanilmayotgan bino va inshootlarni iqtisodiy faoliyatga jalb etish, yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va aholi uchun qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettiriladi.
