TO‘LG‘A MAHALLASIDA YANGI TADBIRKORLIK TASHABBUSI: BALIQCHILIK VA PARRANDACHILIK TARMOQLARI RIVOJLANTIRILADI
2026-10-07 14:50:00 / Yangiliklar

TO‘LG‘A MAHALLASIDA YANGI TADBIRKORLIK TASHABBUSI: BALIQCHILIK VA PARRANDACHILIK TARMOQLARI RIVOJLANTIRILADI
Marhamat tumanida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi investitsion loyihalarni kengaytirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholi bandligini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, tuman hokimi Ilyosbek Umrzaqov, tuman hokimi o‘rinbosarlari hamda mutasaddi rahbarlar “To‘lg‘a” mahallasida tadbirkor tomonidan amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan yangi loyiha taqdimoti bilan tanishdilar.
Uchrashuv davomida hududda baliqchilik va parrandachilikni rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy kompleks loyihaning imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi.
Loyihaning asosiy afzalliklari:
• Aholi bandligini ta’minlash: Hududda yangi doimiy ish o‘rinlari yaratilib, mahalliy aholi, jumladan, ishsiz fuqarolar ish bilan ta’minlanadi;
• Oziq-ovqat xavfsizligi va arzon oziq-ovqat: Ichki bozorlarimizni sifatli, ekologik toza hamda hamyonbop baliq va parranda go‘shti mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlashga erishiladi
