TA’LIM VA KITOBXONLIK — DO‘STONA MULOQOT MARKAZIDA
2026-09-25 17:50:00 / Yangiliklar

TA’LIM VA KITOBXONLIK — DO‘STONA MULOQOT MARKAZIDA
Belarus Respublikasi Minsk viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi Aleksey Kushnarenko boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Marhamat tumanidagi “Kelajak nuri” xususiy maktabi hamda zamonaviy kutubxonada bo‘ldilar.
Mehmonlarga ta’lim sohasida yaratilayotgan sharoitlar, o‘quvchilarning bilim olishi va zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, delegatsiya a’zolari zamonaviy kutubxona faoliyati bilan tanishib, bu yerda kitob mutolaasi bilan mashg‘ul bo‘lgan yoshlar bilan samimiy suhbatlashdilar. Muloqot davomida yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishi, sevimli asarlari va kelgusidagi maqsadlari haqida fikr almashildi.
Tashrif davomida ta’lim, yoshlar tarbiyasi va kitobxonlikni rivojlantirish borasidagi tajribalarni o‘rganish hamda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
