MARHAMAT VA VOLOJIN TUMANLARI O‘RTASIDA DO‘STONA MUNOSABATLAR
2026-09-25 17:35:00 / Yangiliklar

MARHAMAT VA VOLOJIN TUMANLARI O‘RTASIDA DO‘STONA MUNOSABATLAR
O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi do‘stona hamkorlik hududlararo aloqalar orqali yanada mustahkamlanmoqda.
Bugun Andijon viloyati Marhamat tumani va Minsk viloyati Volojin tumani o‘rtasida do‘stona munosabatlarni o‘rnatish to‘g‘risidagi Bitim imzolandi.
Kelishuv ikki hudud o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, tadbirkorlik aloqalarini rivojlantirish, tajriba almashish, shuningdek, ta’lim, madaniyat, sport va turizm sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Mazkur Bitim Marhamat va Volojin tumanlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, o‘zaro manfaatli loyihalarni ko‘paytirish hamda xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga zamin yaratadi.
