Marhamat tumanida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
2026-09-28 08:30:00 / Yangiliklar
Marhamat tumanida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi

2026-yil 21–25-sentyabr kunlari Marhamat tumani hokimi va uning o‘rinbosarlari tomonidan mahallalarda 7 ta sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabullarda 50 nafar fuqaro ishtirok etib, jami 28 ta murojaat kelib tushdi.
Shundan:
11 tasi ijobiy hal qilindi;
7 tasiga huquqiy ma’lumot berildi;
10 tasi ijro jarayonida.
Murojaatlar asosan bandlik va ishga joylashish, yo‘l va infratuzilma, kadastr, tadbirkorlik, mehnat munosabatlari, sog‘liqni saqlash, moddiy yordam, tibbiy-ijtimoiy masalalar hamda boshqa yo‘nalishlarga oid bo‘ldi.
