"SHO‘RQAQIR" MAHALLASIDA “BO‘SH ISH O‘RINLARI” MEHNAT YARMARKASI
2026-09-09 10:30:00 / Yangiliklar

"SHO‘RQAQIR" MAHALLASIDA “BO‘SH ISH O‘RINLARI” MEHNAT YARMARKASI
✍️ Marhamat tumanining Sho‘rqaqir mahallasida tuman Bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan fuqarolarning bandligini ta’minlash, ish izlayotgan aholiga munosib ish o‘rinlarini taklif etish, qolaversa, “Narkojinoyatlarga qarshi kurashish” oyligi doirasida belgilangan reja grafikka asosan “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
🤝 Yarmarkada hududdagi korxona va tashkilotlarning mavjud bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etilib, ish izlayotgan fuqarolarga mehnat shartlari, mavjud vakansiyalar hamda ishga joylashish tartibi bo‘yicha zarur ma’lumotlar berildi.
📌 Tadbir davomida fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va daromad manbalarini yaratishga qaratilgan amaliy takliflar ham ilgari surildi.
Asosiy maqsad — aholi bandligini ta’minlash va har bir fuqaroga munosib mehnat qilish uchun imkoniyat yaratish.
