MUAMMOLAR MANZILNING O‘ZIDA O‘RGANILMOQDA
2026-09-15 14:35:00 / Yangiliklar

MUAMMOLAR MANZILNING O‘ZIDA O‘RGANILMOQDA
Marhamat tumani hokimi Ilyosbek Umrzaqov "To‘lga" mahallasida ijtimoiy reyestrda turuvchi fuqarolar xonadonlariga borib, ularning turmush sharoiti, mavjud muammo va ehtiyojlarini o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
O‘rganishlar davomida fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, ularni qiynab kelayotgan masalalar, bandlik, daromad manbaini kengaytirish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda ijtimoiy ko‘makka bo‘lgan ehtiyojlari atroflicha o‘rganilmoqda.
Har bir murojaat alohida nazoratga olinib, mavjud muammolarni imkon qadar mahallaning o‘zida hal etish, fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish va oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va vazifalar belgilanmoqda.
Asosiy e’tibor — ijtimoiy reyestrda turuvchi oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolariga manzilli yondashish va har bir xonadonning farovonligini ta’minlashga qaratilmoqda.
Bu kabi manzilli o‘rganishlar davomida aniqlangan masalalarning ijrosi tegishli mas’ullar tomonidan nazoratga olinib, ularning amaliy yechimi ta’minlanishi ko‘zda tutilgan.
