OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA OILALAR DAROMADINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
2026-09-16 10:50:00 / Yangiliklar

OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA OILALAR DAROMADINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Marhamat tumanida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirishga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Marhamat tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Abdurazzoqov, Mikrokreditbank ATB boshqaruv raisi o‘rinbosari I.Mamadjanov, bankning Kichik va o‘rta biznes departamenti direktori F.Gʻaybullayev shuningdek, mahalla bankirlari va bank agentlari ishtirok etdi.
Unda mahallalarda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, oilaviy tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish hamda yangi daromad manbalarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mahalla bankirlari va bank agentlarining aholiga yaqin ishlashi, har bir oilaning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqib, ularni tadbirkorlikka yo‘naltirish, istiqbolli loyihalarni aniqlash va moliyaviy ko‘mak bilan ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Yig‘ilish davomida oilalar daromadini oshirish orqali kambag‘allikni qisqartirish, aholining iqtisodiy faolligini yuksaltirish va mahallalarda barqaror daromad manbalarini ko‘paytirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
Mas’ullarga belgilangan vazifalarni mahallalar kesimida tizimli tashkil etish, har bir yo‘nalish bo‘yicha natijadorlikni ta’minlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘mak samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
