FUQAROLAR MUROJAATLARI E’TIBOR MARKAZIDA
2026-09-11 11:30:00 / Yangiliklar
Marhamat tumani hokimi Ilyosbek Umrzaqov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari atroflicha ko‘rib chiqildi. Aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy, kommunal, bandlik, tadbirkorlik, yer, uy-joy, infratuzilma hamda boshqa yo‘nalishlardagi masalalar yuzasidan murojaatlar tinglanib, har bir masala alohida o‘rganildi.
Qabul jarayonida murojaatlarning qonuniy va adolatli hal etilishini ta’minlash maqsadida tegishli soha rahbarlari hamda mas’ul mutasaddilar ishtirok etmoqda. Ayrim masalalar joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar yuzasidan aniq muddatlar belgilanib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
