Marhamat tumani hokimi Ilyosbek Umrzaqov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli oʻtkazildi
2026-08-21 19:35:00 / Yangiliklar
Marhamat tumani hokimi Ilyosbek Umrzaqov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli oʻtkazildi

Marhamat tumani hokimi Ilyosbek Umrzaqov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli oʻtkazildi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy, yer ajratish, tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlik, ichki yoʻllarni taʼmirlash, kommunal xizmatlar hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan yoʻllangan murojaatlar atroflicha tinglandi.
Har bir murojaat qonunchilik talablari asosida batafsil koʻrib chiqilib, ularning yechimi yuzasidan masʼul tashkilot va idoralar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi. Ayrim masalalar joyida ijobiy hal etilgan boʻlsa, qoʻshimcha oʻrganishni talab qiladigan murojaatlar ijroga olinib, ularning bajarilishi qatʼiy nazoratga olindi.
