YANGI ISH HAFTASI AVVALIDA DOLZARB VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI
2026-08-17 09:25:00 / Yangiliklar

Marhamat tumanida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash hamda dolzarb masalalarni muhokama qilishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tuman hokimi Ilyosbek Umrzaqov, mas’ul tashkilot va idoralar rahbarlari hamda tegishli mutasaddilar ishtirok etdi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar, aholining murojaatlari bilan ishlash, bandlikni ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari, shuningdek, belgilangan topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida har bir yo‘nalish bo‘yicha mavjud muammolar tahlil qilinib, ularning yechimi yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi. Tashkilot va idora rahbarlariga ish samaradorligini oshirish, ijro intizomiga qat’iy rioya qilish hamda aholiga qulaylik yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar, yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish va hudud rivojini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish, natijadorlikni ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
