MINGTEPA — QADIMIY TARIXIMIZNING BEBAHO MEROSI
2026-08-08 14:30:00 / Yangiliklar

Marhamat tumanidagi “Mingtepa” muzeyi hamda qadimiy Mingtepa arxeologiya yodgorliklarida Koreya Respublikasidan tashrif buyurgan turistlar, tarixshunoslar va olimlar mehmon bo‘ldi.
Tashrif davomida xorijlik mehmonlarga qadimiy Dovon davlati poytaxti sifatida tarix sahifalaridan o‘rin olgan Mingtepaning boy va betakror tarixi, hududdan topilgan arxeologik ashyolar, qadimiy shahar qoldiqlari hamda ajdodlarimizning yuksak madaniyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Mehmonlar muzey ekspozitsiyalarini katta qiziqish bilan tomosha qilib, arxeologik yodgorlik hududida olib borilgan tadqiqotlar, aniqlangan tarixiy topilmalar va Mingtepaning qadimgi davr sivilizatsiyasidagi o‘rni bilan yaqindan tanishdilar.
Ayniqsa, Mingtepaning nafaqat mahalliy, balki xalqaro miqyosda ham katta ilmiy va tarixiy ahamiyatga ega ekani xorijlik mutaxassislar tomonidan alohida e’tirof etildi.
