RESPUBLIKA ISHCHI GURUHI O‘RGANISHLARINING NAVBATDAGI MANZILI – "ERSHI LOGISTIKA MARKAZI"
2026-07-23 20:30:00 / Yangiliklar

Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha tashkil etilgan shtablar faoliyatini o‘rganish maqsadida Marhamat tumanida bo‘lib turgan Respublika ishchi guruhi a'zolarining navbatdagi manzili tumandagi zamonaviy "Ershi logistika markazi" bo‘ldi.
Tashrif davomida ishchi guruh vakillari markazning ishlab chiqarish va logistika quvvatlari, yaratilgan infratuzilma, aholining, ayniqsa, yoshlarning bandligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, korxonada mehnat qilayotgan yosh mutaxassislar bilan muloqot o‘tkazilib, ular uchun yaratilgan mehnat sharoitlari, kasbiy rivojlanish imkoniyatlari hamda kelgusidagi rejalari yuzasidan fikr almashildi.
Marhamat tumani markazida zamonaviy talablar va innovatsion yondashuvlar asosida bunyod etilgan mazkur logistika markazi hududning iqtisodiy salohiyatini oshirish, eksport-import jarayonlarini jadallashtirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim o‘rin tutmoqda.
Loyihani amalga oshirish uchun tadbirkor tomonidan 6,5 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritilgan bo‘lib, buning natijasida 350 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Bugungi kunda markazda 270 nafardan ortiq marhamatlik doimiy ish bilan ta'minlanib, ularning asosiy qismini yoshlar tashkil etmoqda.
