"BO‘SH ISH O‘RINLARI" MEHNAT YARMARKASI O‘TKAZILDI
2026-07-25 18:10:00 / Yangiliklar

Marhamat tumani 4-son texnikumida aholi, ayniqsa yoshlarning bandligini taʼminlash hamda ularni munosib ish oʻrinlariga yoʻnaltirish maqsadida "Boʻsh ish oʻrinlari" mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Yarmarkada tumanimizdagi korxona, tashkilot va tadbirkorlik subyektlari oʻzlaridagi mavjud vakant ish oʻrinlari bilan ishtirok etib, ish izlovchilarga mehnat sharoitlari, talab etiladigan mutaxassisliklar va ishga qabul qilish tartiblari haqida batafsil maʼlumot berdilar.
Tadbir davomida fuqarolar oʻz mutaxassisligi va qiziqishiga mos boʻsh ish oʻrinlari bilan tanishib, ish beruvchilar bilan bevosita suhbatlashish hamda ishga joylashish boʻyicha dastlabki kelishuvlarga erishish imkoniyatiga ega boʻldilar.
Shuningdek, mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan ishtirokchilarga bandlikni taʼminlash, kasb-hunarga yoʻnaltirish, qayta tayyorlash va mehnat bozoridagi mavjud imkoniyatlar yuzasidan huquqiy hamda amaliy maslahatlar berildi.
Mazkur mehnat yarmarkasi ish beruvchilar va ish izlovchilar oʻrtasida samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, fuqarolar bandligini oshirish hamda yoshlarni munosib ish bilan taʼminlash yoʻlidagi muhim tadbirlardan biri boʻldi.Marhamat tumani 4-son texnikumida aholi, ayniqsa yoshlarning bandligini taʼminlash hamda ularni munosib ish oʻrinlariga yoʻnaltirish maqsadida "Boʻsh ish oʻrinlari" mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Yarmarkada tumanimizdagi korxona, tashkilot va tadbirkorlik subyektlari oʻzlaridagi mavjud vakant ish oʻrinlari bilan ishtirok etib, ish izlovchilarga mehnat sharoitlari, talab etiladigan mutaxassisliklar va ishga qabul qilish tartiblari haqida batafsil maʼlumot berdilar.
Tadbir davomida fuqarolar oʻz mutaxassisligi va qiziqishiga mos boʻsh ish oʻrinlari bilan tanishib, ish beruvchilar bilan bevosita suhbatlashish hamda ishga joylashish boʻyicha dastlabki kelishuvlarga erishish imkoniyatiga ega boʻldilar.
Shuningdek, mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan ishtirokchilarga bandlikni taʼminlash, kasb-hunarga yoʻnaltirish, qayta tayyorlash va mehnat bozoridagi mavjud imkoniyatlar yuzasidan huquqiy hamda amaliy maslahatlar berildi.
Mazkur mehnat yarmarkasi ish beruvchilar va ish izlovchilar oʻrtasida samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, fuqarolar bandligini oshirish hamda yoshlarni munosib ish bilan taʼminlash yoʻlidagi muhim tadbirlardan biri boʻldi.
