"Yangi hayot" mahallasining fayzli xonadonlari – obodlik va namunaviy turmush tarzi timsoli
2026-07-25 15:05:00 / Yangiliklar

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan e'lon qilingan "Mahallada obodlik va mehr-saxovat" oyligi doirasida Marhamat tumanidagi "Yangi hayot" mahallasida obodonlashtirish, xonadonlarni namunali holatga keltirish hamda aholi o‘rtasida ozodalik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.
⚪️Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Mahallalar uyushmasi Marhamat tumani boʻlimi rahbari I. Teshaboyev, nuroniylar hamda mahalla yettiligi mahalladagi bir qator fayzli va namunali xonadonlarda boʻlib, ularda yaratilgan sharoitlar, obodonlashtirish ishlari va tomorqadan unumli foydalanish tajribalari bilan yaqindan tanishdilar.
🟢Uchrashuv davomida ozodaligi, saranjom-sarishtaligi, gulzor va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, ahillik va mehnatsevarlik namunasi bilan ajralib turgan xonadonlar e'tirof etildi. Shuningdek, bunday ibratli tajribalarni mahallaning boshqa xonadonlarida ham keng ommalashtirish, aholini obodlik va bunyodkorlik ishlariga yanada faol jalb etish yuzasidan tavsiyalar berildi.
