Marhamat tumani hokimining 2-chorak yakuni bo'yicha hisoboti
2026-07-09 11:30:00 / HISOBOTLAR
2026-yilning 2 - choragi mobaynida yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muxtoj kambag‘al oilalarga ijtimoiy yordam va xizmat ko‘rsatish, madaniyat, san’at va kitobxonlik targ‘ib qilish bo‘yicha bir qator tashabbuslarni amalga oshirdim.
Jumladan, 2026-yilning 2-choragida davlat xizmatchilari uchun tashkil etilgan 11 ta onlayn kurslarni muvaffaqiyatli yakunlab, sertifikatlarga ega bo‘ldim.
Marhamat tumanida yoshlarga oid davlat siyosati ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan:
Tumandagi 48 ta mahallalarda xozirgi kunda 48 nafar yoshlar yetakchilari faoliyat olib bormoqdalar(48 nafar barchasi erkaklar). “Yoshlar balansi”ni shakllantirish bo‘yicha “fuqarobay” tarzda xatlov tadbirlari natijasida 14-30 yoshdagi 46.895 nafar yoshlarni so‘rovnoma anketalari shakllantirilib, ularning 35 092 nafari “yaxshi”, 10 996 nafari “o‘rta” va 807 nafari “og‘ir” toifalarga ajratildi.
2025 yil 24-noyabrdan 5 dekabrga qadar ishsiz yoshlarni xatlovdan o‘tkazilib jami 649 nafar ishsiz yoshlar aniqlandi. “O‘zbekistonda yoshlar ishsizligiga barham berish yili” deb e’lon qilinganligi sababli tumanda 649 nafar ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha “Yoshlar bandlik dasturi” tasdiqlangan bo‘lib, bugungi kunga qadar ularning barchasi (100%) (doimiy ishga-528, , imtiyozli kredit-69 (1 mlrd 593 mln so‘m), Oliy ta’limga qabul qilindi-4, subsidiya-1 (9 mln. so‘m), kasb-xunarga o‘qitildi 1 nafar, 10 nafariga ekin maydoni ajratildi, boshqa yo‘nalishlarda 36 nafar) bandligi ta’minlandi. Ushbu yoshlarga viloyat tashkilotlaridan 1 ta, tuman tashkilotlaridan 38 tasi mas’ul etib belgilangan.
Tumanda 1 ta “Yoshlar saonat zonalari” tashkil etilgan bo‘lib, mazkur zonalarda 76 mlrd.382mln so‘m qiymatidagi 59 ta loyihalarning faoliyati yo‘lga qo‘yilishi natijasida 936 nafar ish o‘rinlari yaratilgan.
Shuningdek, viloyatda 1 ta “Yoshlar mehnat guzarlari” tashkil etilgan bo‘lib, mazkur ob’ektlarda 5 nafar yoshlarning bandligi ta’minlandi.
PQ-60-sonli qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha joriy yil boshidan tumandagi 6 nafar yoshlarga 305 mln. so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi.
PQ-61-sonli qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha joriy yil boshidan “Milliy bank” tomonidan tumandagi 24 nafar oliy ta’lim bitiruvchilariga 4 mlrd 23 mln so‘m midorida kredit mablag‘larini ajratdi.
PQ-62-sonli qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha joriy yilda “Aloqa bank” tomonidan tumandagi 6 nafar yoshlarning 474.2 mln. so‘m miqdoridagi biznes loyihalarini moliyalashtirish ishlari amalga oshirildi.
Shuningdek, “Yoshlar daftari” jamg‘armasining 95.7 mln. so‘m mablag‘lari orqali “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 58 nafari ( to‘lov kontrakti 10 nafar, , MPR 1 nafar, o‘quv kursi 36 nafar, imtiyozli kredtlar 1 nafar, 1 nafar xaydovchilik guvoxnomasi) ijtimoiy va iqtisodiy qo‘llab-quvvatlandi.
Muxtaram prezidentimizning topshiriqlariga muvofiq, o‘tgan davrda 14 marotaba “Payshanba yoshlar kuni” uchrashuvlari tashkil etilib, 571 nafar yoshlarning muammolari aniqlanib, ularning 557 tasi (97.5%) ijobiy hal etildi, 14 nafarini murojaati nazoratga olingan.
Ishsiz yoshlarning qishloq xo‘jaligi sohasida bandligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-apreldagi PQ-153-sonli qaror ijrosi yuzasidan “Yoshlarga yer maydonini ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash bo‘yicha tumanda 299 nafar ishsiz yoshlar ro‘yxati shakillantirilgan. Ushbu yoshlarni dexqonchilik soxasida bilim va ko‘nikmalarin oshirish maqsadida tuman fermerlar kengashi, tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi, tuman o‘simliklar karntingi ximoyasi bo‘limi, tuman yoshlar ishlari agentligi hamda “Asr umidi” MChJ korxonasi bilan xamkorlikda o‘qitish turli ko‘rgazmali o‘quv seminarlar tashkil etish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari 2026-2027-yillar oralig‘ida 299 nafar ishsiz yoshlarni talablari bo‘yicha yer ajratish ishlari rejalashtirilmoqda.
Ushbu dexqon xo‘jalik yo‘nalishida yetishtirilgan maxsulotlarni tumanda faoliyat yuritayotgan “Asr umidi” MChJ tomonidan sotib olish klasteri tashil etilgan.
Bugungi kunda, “El yurt umidi jamg‘armasi” orqali Marhamat tumanidan
2 nafar yoshlar xorijdagi nufuzli universitetlar va ilmiy markazlarda ta’lim dasturlari orqali ta’lim olayotgan bo‘lib, 1 nafari AQSh, 1 nafari Buyuk Britaniya, davlatida taxsil olmoqda.
Joriy yilda 649 nafar yoshlar “og‘ir” (ishsiz) toifaga kiritilib, ular
38 ta tashkilotlar ya’ni,1 ta viloyat (36 nafar) va 38 ta (613 nafar) tuman tashkilot rahbarlariga biriktirildi. Shuningdek, o‘tgan davrda mazkur toifadagi yoshlar bilan doimiy uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning 649 ta muammolari aniqlandi va barchasi ijobiy xal etib berildi.
Shuningdek, 158 nafar yoshlar huquq-tartibot organlariga “otaliqqa” biriktirilgan bo‘lib, mazkur toifadagi yoshlarning IIBga-87 nafar, FVBga -33, Prokuratura organlariga-14 nafar, tuman xokimiga -24 nafari biriktirildi.
Marhamat tumanidagi 48 ta mahallalarda 48 ta yoshlar yetakchilari faoliyat olib borayotgan bo‘lib, hozirda vakant mahalla mavjud emas. Ularning 5 nafari yuqori lavozimlarga ko‘tarilgan. Shuningdek, ularning 2 nafari “TOP 100” ro‘yxatiga kiritilgan, 29 nafari “Ibrat akademiyasi” ilovasi orqali xorijiy tillarni o‘zlashtirgan va sertifikatlar olgan.
Joriy yilda 18 nafar umumta’lim maktabi o‘quvchilari xorijda bo‘lib, ularning 11 tasi Turkiya va 7 tasi Misr davlatida ekanligi aniqlandi . Hozirda, mazkur yo‘nalish bo‘yicha huquq tartibot organlari tomonidan tegishli tadbirlar davom ettirilmoqda.
Joriy yilda “Besh tashabbus olimpidasi” doirasidagi tanlov va sport musobaqalarida ishtirok etish uchun 5tashabbus.uz sayti orqali jami 55 648 nafar yoshlar (82%) tomonidan 100 945 ta arizalar elektron ro‘yxatdan o‘tkazildi. Shuningdek, o‘tgan davrda olimpiada doirasida “Shaxmat va shashka”, “vorkout”, “Yosh musavvir”, “Moxir fortepianochi” va “Yengil atletika” sport turlari bo‘yicha “mahalla” va “sektor” “tuman” “viloyat” bosqichlarida 66 199 nafar yoshlar qamrab olinishiga erishildi.
2026-yilda Marhamat tumani yoshlari viloyat hamda Respublika miqyosida o‘tkazilgan tanlov va musobaqalarda quyidagi natijalarga erishdilar:
1. Kuni kecha bo‘lib o‘tgan “Shunqorlar” harbiy vatarparvarlik musobaqasi Respublika bosqichida mazkur 2-son politexnikumining “Temurbeklar” jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.
2. “Yoshlar ovozi” tanlovida 22–30 yosh toifasida Baxshichilik yo‘nalishi bo‘yicha Paxtakor mahallasidan Ramazon Boyqo‘chqorov viloyat bosqichida 1-o‘rinni egallab, Respublika bosqichida super finalga qadar yetib bordi.
3. “Yoshlar ovozi” tanlovida 16–21 yosh toifasida Estrada yo‘nalishida Konchilar mahallasidan A.Xolmatov viloyat bosqichida 1-o‘rinni egalladi, Respublika bosqichida super finalga qadar yetib bordi.
4. “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan “Shijoat va g‘ayrat” harbiy vatanparvarlik musobaqasida Alitepa mahallasi jamoasi Respublika bosqichida faxrli 1-o‘rinni ko‘lga kiritdi .
5. Volleybol bo‘yicha O‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqaning Respublika bosqichida Marhamat tumani o‘smirlar jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishida:
Marhamat tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufida 30 ta davlat 19 ta DXSh va 154 ta oilaviy jami 203 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat yuritmoqda. Bugungi kun xolatiga Marhamat tumanida jami 3-7 yoshlilar 17762 nafar bo‘lib ulardan 14310 nafari ya’ni 80.6% qamrab olingan. Yil oxirigacha qamrov darajasini 16937 nafar ya’ni 95.4 % reja belgilangan.
Hozirgi kunda tumanda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 30 ta majburiy gurux faoliyat olib bormoqda unda 720 nafar tarbiyalanuvchilar tarbiyalanmoqda. 2026 yilga mo‘ljalangan manzilli dasturga asosan tumandagi 17-DMTTda bo‘sh turgan ta’mirtalab binoda 3 ta gurux ochish uchun ta’mirlash ishlari olib borilmoqda ta’mirlash yakunlangach 90 nafar bolalarni qamrab olish jejalashtirilgan, 6 yoshli bolalarni qamrab olish maqsadida tumandagi koeffitsenti past bo‘lgan maktabarning bo‘sh xonalarida qo‘shimcha yana 8 ta majburiy gurux ochish rejalashtirilgan. Ulardan 2 tasi tayyor xolatda jixozlangan(11-4-maktab)larda qolgan 6 tasida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda ta’mirlash ishlari yakunlansa 240 nafar 6 yoshli bolalar qamrab olinishi rejalashtirilgan, Davlat xususiy sherikchilik asosida 1 ta 100 o‘rinli DXSh ochiladi. Tuman xokimi tomonidan 2 ta 60 o‘rinli gurux ochish uchun qo‘shimcha bo‘sh turgan xonalarni ta’mirlashga mablag‘ ajratib beriladigan bo‘ldi. Bulardan tashqari yana 10 ta 500 o‘rinli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarni ochish orqali qamrovni bajarish rejalashtirilgan.
Kasalliklar profilaktikasi holati
Marhamat tumanida jami 14 ta davolash-profilaktika muassasalari mavjud bo‘lib, ular 193941 nafar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Marhamat tumanida 40 yoshdan yuqori aholi 58056 nafarni tashkil qiladi. Ulardan yurak-qon tomir kasalligi bo‘yicha skriningga yillik rejada 54021 nafar belgilangan bo‘lib, 2026-yil 6 oyida reja 30886 nafarni tashkil qiladi.
2026-yil 6 oyida jami skrining jarayonidan 30886 nafar o‘tdi, reja bajarilishi 100 % ni tashkil etdi. Natijada 1701 nafar fuqaroda birlamchi yurak-qon tomir kasalliklari aniqlandi. Ularning 1110 nafari ambulator, 104 nafari tumanda sog‘lomlashtirish tadbirlariga jalb etildi. Birlamchi aniqlangan kasalliklarning elektron ro‘yxati shakllantirildi.
Qandli diabet kasalligi bo‘yicha yillik skriningdan o‘tishi lozim bo‘lgan aholi soni 58056 nafar bo‘lib, shundan 2026-yil 6 oyida reja 55434 tani tashkil qiladi. Jami 2026-yil 6 oyida skrining jarayonidan 31170 (100.0%) nafar o‘tdi va 13 nafarda birlamchi qandli diabet aniqlandi. Ulardan 3 nafari ambulator, 10 nafari tumanda davolandi.
2–10 yoshli bolalar orasida gelmintoz kasalligi bo‘yicha yillik skriningdan o‘tishi lozim bo‘lgan bolalar soni 0000 nafar bo‘lib, shundan 2026-yil 6 oyida 0000 tani tashkil qiladi. 6 oy davomida 00000 nafar skrining jarayonidan o‘tdi, reja 00,0 % bajarildi. Ulardan 000 nafarida gelmint aniqlandi, qolganlari sog‘lom deb topildi.
3–18 yoshli bolalar orasida onkogematologik kasalliklarni aniqlash maqsadida yillik tekshiruv rejasi 56509 nafarni tashkil qiladi. 6 oylik reja 56509 tani tashkil qiladi. Shundan 6 oy mobaynida 56475 (99,8%) nafar skriningdan o‘tdi, birlamchi onkogematologik kasalliklar aniqlanmadi.
30–40–50 yoshli ayollar orasida bachadon bo‘yni saratoni bo‘yicha skriningdan o‘tishi lozim bo‘lganlar soni 0000 nafar bo‘lib, 6 oylik reja 000 tani tashkil qiladi. Shundan 000 (00,0%) nafar skriningdan o‘tdi. Birlamchi bachadon bo‘yni saratoni 00 ta aniqlandi.
30–44 yoshli ayollar orasida UTT tekshiruvi bo‘yicha yillik reja 0000 nafarni tashkil qilib, 6 oylik reja 000 nafarni tashkil qiladi. Shu davrda 0000 nafar skriningdan o‘tdi. Natijada 0 nafar ayolda birlamchi ko‘krak bezi saratoni aniqlandi. 6 oylik rejaga nisbatan bajarilishi 00% ni tashkil qiladi.
45–65 yoshli ayollar orasida ko‘krak bezi saratoni bo‘yicha mamografiya tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lganlar soni 0000 nafarni tashkil qiladi. 6 oy davomida 000 nafar skriningdan o‘tdi. 6 oylik reja 000 tani tashkil qilib, bajarilishi 000% ni tashkil qiladi. Natijada 0 nafar ayolda birlamchi ko‘krak bezi saratoni aniqlandi. Jami 6 oy davomida 0 nafar ayolda ko‘krak bezi saratoni aniqlandi.
Rak oldi holatlari 00 tani tashkil qiladi.
Sil kasalliklarini erta aniqlash maqsadida yillik xavf guruhi 5712 nafar bo‘lib, 6 oylik reja 2706 tani tashkil qiladi. Shundan 2706 (100.0%) nafar skriningdan o‘tdi, birlamchi 3 nafar sil kasalliklari aniqlandi.
Jami surunkali kasalliklar 31562 nafarni tashkil qiladi. 6 oy mobaynida 17215 nafar sog‘lomlashtirish rejasiga qo‘yilib, ulardan 17008 nafarida sog‘lomlashtirish ishlari olib borildi. Reja 98,79 % bajarildi.
Natijada 1549 nafari ambulator, 435 nafari tuman, 54 nafari viloyat va 2 nafari respublika miqyosida sog‘lomlashtirildi.
18–40 yoshli aholi profilaktik ko‘rigi yillik rejada 58056 nafar bo‘lib, 6 oylik reja 36468 tani tashkil qiladi. Shundan 36468 nafar profilaktik ko‘rikdan o‘tdi. Reja 100,0% bajarildi. 1988 nafari kasal deb topilib, 1830 nafari ambulator, 158 nafari statsionar bosqichda davolandi.
55 yoshdan yuqori aholi profilaktik ko‘rigi yillik rejada 25023 nafar bo‘lib, 6 oylik reja 13653 tani tashkil qiladi. 13653 nafar (100%) ko‘rikdan o‘tdi. 6003 nafari kasal deb topilib, 5854 nafari ambulator, 149nafari statsionar bosqichda davolandi.
Sog‘lom turmush tarzi va targ‘ibot ishlari
Sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish yo‘nalishida quyidagi tadbirlar amalga oshirildi:
77 ta davra suhbati 51 ta MFY, 26 ta boshqa joylarda 27462 kishi ishtirokida o‘tkazildi.
1623 ta ma’ruza 256 ta maktab, 21 ta kollej,871 ta MFY va 475 ta boshqa joylarda 41112 kishi ishtirokida tashkil etildi. 41112 suhbat 454 ta maktab, 99 ta kollej, 39974 ta MFY va 587 ta boshqa joylarda 49989 kishi ishtirokida o‘tkazildi.
