Marhamat tumanining iqtisodiy koʻrsatkichlari
2026-07-15 14:30:00 / STATISTIK AXBOROTLAR
Marhamat tumanining iqtisodiy koʻrsatkichlari

Marhamat tumanining iqtisodiy koʻrsatkichlari qanday?
Andijon viloyati statistika boshqarmasining yanvar-may oyi uchun berilgan dastlabki maʻlumotlariga koʻra Marhamat tumanining iqtisodiy koʻrsatkichlari quyidagilarni tashkil etmoqda.
🏭 Sanoat ishlab chiqarish hajmi: 790,6 mlrd soʻm
🛒 Chakana savdo aylanmasi: 8,8 % ga oʻsgan
🛒 Ulgurji savdo aylanmasi: 12,9 % ga oʻsgan
🏗 Qurilish ishlari hajmi: 169,3 mlrd soʻm
Shundan:
🏢 Yirik korxonalar tomonidan: 3,8 mlrd soʻm
🏬 Kichik va mikrofirmalar tomonidan: 110,5 mlrd soʻm
🔨 Norasmiy sektor tomonidan: 55,0 mlrd soʻm
🛍 Koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi: 610,1 mlrd soʻm.
1-iyun holatiga koʻra faoliyat koʻrsatayotgan jami korxona va tashkilotlar: 1 290 ta
