MARHAMAT TUMANI ICHKI ISHLAR BO‘LIMI BOSHLIGʻI R.Z.JALOLDINOVNING M U R O J A A T I
2026-07-11 10:30:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

MARHAMAT TUMANI ICHKI ISHLAR BO‘LIMI BOSHLIGʻI R.Z.JALOLDINOVNING
M U R O J A A T I
ASSALOMU ALAYKUM, MARHAMAT TUMANI FUQAROLARI HAMDA TUMANIMIZ MEHMONLARI!
Prezidentimizning mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha qabul qilgan muhim Qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida tadbirlar keng qamrovda olib borilmoqda.
Bu borada biz jinoyat sodir etilgandan keyingi kurash emas, jinoyat sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash va ularni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratmoqdamiz.
Shu bilan birga, muqaddam jinoyat sodir etgan va jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan alohida toifadagi shaxslar, yoshlar hamda ayollar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, mavjud muammolari bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda.
Shuningdek, Prezidentimizni 2026 yil 24 fevral kuni yoshlar bilan bo‘lgan uchrashuvida ilgari surilgan muhim tashabbuslar ijrosini ta’minlash maqsadida har payshanba “Yoshlar kuni” kuni doirasida og‘ir toifadagi yoshlar bilan uchrashib mavjud muammolari hal etilmoqda.
Bundan tashqari, aksariyat huquqbuzarliklar oilaviy kelishmovchiliklar zamirida sodir etilayotganligi sababli ushbu holatlarni bartaraf etishda mahallada honadonbay ishlash orqali oila-turmush doirasidagi jinoyatlarni sodir etilishini oldini olish ishlar tashkil etilgan.
Xavfsizlik — barchamizga kerak. Unga birgalikda erishamiz!
Hamkorligingiz va faolligingiz uchun minnatdorchilik bildiraman!
