FUQAROLAR MUROJAATLARI E’TIBOR MARKAZIDA
2026-06-19 18:15:00 / Yangiliklar
FUQAROLAR MUROJAATLARI E’TIBOR MARKAZIDA

Marhamat tumani hokimi Ilyosbek Umrzaqov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazilmoqda.
Qabul jarayonida fuqarolarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari, shuningdek, ularni qiynayotgan muammolar atroflicha o‘rganilib, har bir masala yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olinmoqda.
Aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning murojaatlarini tinglash va mavjud muammolarga amaliy yechim topish — hududni yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim vazifalardan biridir.
Fuqarolarning murojaatlari mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqilib, qonuniy hal etilishi bo‘yicha zarur topshiriqlar berilmoqda.
